🇺🇿 Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

4-mart kuni Dubaydan Toshkentga C6352 raqamli vatanga qaytarish (repatriatsiya) reysi amalga oshiriladi.

4-mart (mahalliy vaqt bilan)
C6352 Dubay 10:25 – Toshkent 15:20

Ushbu reys faqatgina 28-fevral kuni quyidagi reyslar bilan uchib keta olmagan yo‘lovchilarni olib kelish uchun tashkil etildi:
C6322 Dubay — Toshkent
C6358 Dubay — Samarqand

Koll-markaz mutaxassislari yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, zarur ma’lumotlarni taqdim etadilar.

Barcha savollar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling:
✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com
📞 +998 55 518 88 88

Centrum Air yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yo‘lovchilarga tushunganlari uchun minnatdorlik bildiradi.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Официальное сообщение авиакомпании Centrum Air


4 марта будет выполнен вывозной (репатриационный) рейс C6352 из Дубая в Ташкент.

4 марта (время местное)
C6352 Дубай 10:25 - Ташкент 15:20

Данный рейс организован исключительно для вывоза пассажиров, которые не смогли вылететь 28 февраля рейсами:
C6322 Дубай — Ташкент
C6358 Дубай — Самарканд

Специалисты колл-центра свяжутся с пассажирами и предоставят необходимую информацию.

По всем вопросам обращайтесь в службу поддержки:
✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com
📞 +998 55 518 88 88

Centrum Air приносит извинения за возможные неудобства и благодарит пассажиров за понимание.
@centrumair_speaking
105 5
2.1K (0.7%)
🇺🇿 Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

Dubay — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha C6358 reysi texnik (Ferry Flight) reys hisoblanib, yo‘lovchilarsiz amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda Dubay aeroporti (DXB) yo‘lovchilarni olib chiqish uchun reyslarni amalga oshirishga ruxsat bermadi. Ruxsat faqat havo kemalarining texnik parvozlarini amalga oshirish uchun taqdim etilgan.

Centrum Air aviakompaniyasi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Rasmiy ruxsat olinganidan so‘ng aviakompaniya darhol qo‘shimcha reyslarni tashkil etadi va yo‘lovchilarni rasmiy kanallar orqali xabardor qiladi.

🇷🇺 Официальное сообщение авиакомпании Centrum Air

Рейс C6358 по маршруту Дубай — Ташкент является перегоночным (Ferry Flight) и выполняется без пассажиров.

На текущий момент аэропорт Дубая (DXB) не выдал разрешение на выполнение рейсов для вывоза пассажиров. Разрешение предоставлено исключительно на выполнение технических перегоночных рейсов воздушных судов.

Авиакомпания Centrum Air внимательно следит за развитием ситуации. Сразу после получения официального разрешения авиакомпания организует дополнительные рейсы и проинформирует пассажиров через официальные каналы.
2613 13🔥 5 4🎉 2
4.8K (1.0%)
🇺🇿 Hurmatli yo‘lovchilar va kutib oluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq, Centrum Air aviakompaniyasining Jidda (JED) va Madina (MED) yo‘nalishlari bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga amalga oshiriladigan reyslari faqat yo‘lovchilarni olib chiqish maqsadida bajariladi.

Ushbu reyslar avval Saudiya Arabistoni Podshohligiga uchib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilish (vatanga qaytarish) uchun mo‘ljallangan.

Kelgusi o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida rasmiy kanallar orqali qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Centrum Air aviakompaniyasi yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Tushunganingiz uchun rahmat.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Уважаемые пассажиры и встречающие,

в соответствии с указанием Агентства гражданской авиации при Министерстве транспорта Республики Узбекистан, рейсы авиакомпании Centrum Air по направлениям Джидда (JED) и Медина (MED), выполняемые в Королевство Саудовской Аравии, будут осуществляться исключительно с целью вывоза пассажиров.

Рейсы предназначены для репатриации граждан Республики Узбекистан, ранее вылетевших в КСА.

О дальнейших изменениях и обновлениях будет сообщено дополнительно через официальные каналы.
Авиакомпания Centrum Air приносит извинения за доставленные неудобства.
Благодарим за понимание.
@centrumair_speaking
1711 11🔥 2
6.2K (0.5%)
🇺🇿 Hurmatli yo‘lovchilar,

Eron, Isroil, BAA, Bahrayn hamda Fors ko‘rfazidagi qator mamlakatlar havo hududidan foydalanishga joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan, Centrum Air ayrim reyslarining uchish va qo‘nish vaqtlariga tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Yo‘lovchilardan reyslar holati haqidagi ma’lumotlarni aviakompaniya matbuot xizmatining rasmiy Telegram-kanali, shuningdek, aeroportlarning onlayn tablolarida oldindan tekshirishni so‘raymiz.

Aviakompaniya jadvaldagi tuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Yo‘lovchilar xavfsizligi va qulayligi Centrum Air faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Tushunganingiz va ishonchingiz uchun rahmat.

🔹🔹🔹

🇷🇺 Уважаемые пассажиры,

в связи с временными ограничениями использования воздушного пространства над территориями Ирана, Израиля, ОАЭ, Бахрейна, а также ряда стран Персидского залива, возможны корректировки времени вылета и прилёта отдельных рейсов маршрутной сети Centrum Air.

Просим пассажиров заранее проверять актуальную информацию о статусе рейсов в официальном Telegram-канале пресс-службы авиакомпании, а также на онлайн-табло аэропортов.

Авиакомпания приносит извинения за возможные неудобства, связанные с корректировками расписания.
Безопасность и комфорт пассажиров остаются безусловным приоритетом в работе Centrum Air.

Благодарим за понимание и доверие.
2016 16🎉 4 1🔥 1
6.9K (0.6%)
📌 28-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgda qahramonlik ko‘rsatib, O‘zbekistonga qaytgan hamyurtimiz Xayrulla Ibodullayevni tantanali ravishda kutib oldik. U o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yetti yoshli bolani qutqarib qoldi hamda yuksak mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

📍Aeroportda qahramonni aviakompaniya vakillari, jurnalistlar, yaqinlari hamda ushbu qahramonlik uchun o‘z minnatdorchiligi va hurmatini bildirishga kelgan ko‘plab fuqarolar kutib olishdi.

📍Ko‘rsatgan jasorati uchun Xayrulla Ibodullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan «Jasorat» davlat medali bilan taqdirlandi.

📍 Cheksiz minnatdorchilik belgisi sifatida Centrum Air aviakompaniyasi Xayrullaga besh yil davomida yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha parvozlar uchun bepul chiptalar taqdim etuvchi shaxsiy sertifikatni topshirdi. Centrum Holidays turoperatori esa qahramonning oilasiga maxsus sovg‘a — ota-onasi uchun Umra ziyoratiga yo‘llanma tuhfa etdi.

Centrum Air o‘z hamyurti bilan faxrlanadi, insoniy qadriyatlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi hamda Xayrullaga, oilasiga va barcha yo‘lovchilarga sog‘lik, omonlik va xavfsiz sayohatlar tilaydi.

🔹🔹🔹

📌 28 февраля в международном аэропорту Ташкента мы торжественно встречали нашего соотечественника Хайруллу Ибодуллаева, который вернулся в Узбекистан после героического поступка, совершённого в Санкт-Петербурге. Рискуя собственной жизнью, он спас семилетнего ребёнка, проявив исключительное мужество и самоотверженность.

📍В аэропорту героя встретили представители авиакомпании, журналисты, родственники и неравнодушные граждане, пришедшие выразить слова благодарности и уважения. За проявленное мужество Хайрулла Ибодуллаев был удостоен государственной медали «Жасорат» по указу Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

📍В знак глубокой признательности авиакомпания Centrum Air вручила Хайрулле персональный сертификат на бесплатные авиабилеты по всем направлениям маршрутной сети, которыми он может пользоваться в течение следующих пяти лет. А туроператор Centrum Holidays преподнёс герою подарок для его семьи – путёвку на Умру для родителей.

✈️ Centrum Air гордится соотечественником, поддерживает человеческие ценности и искренне желает Хайрулле, его семье и всем пассажирам здоровья, благополучия и безопасных путешествий.
43🔥 116 6
5K (1.2%)
Centrum Air «Andijon» futbol klubi bilan parvozlarni davom ettiradi! ⚽️

📍Hamkorlik uzaytirilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz: yangi mavsumda Centrum Air yana jamoaning titul homiysiga aylanadi va chempionat davomida klubni qo‘llab-quvvatlaydi.

📍Biz uchun bu shunchaki homiylik emas, bu — o‘zbek futboli rivojiga qo‘shilgan hissa va minglab muxlislarni birlashtirgan jamoaga dastak berishdir. Centrum Air logotipi barcha o‘yin liboslaridan joy oladi va har bir uchrashuvda «Andijon»ga hamrohlik qiladi.

📍Biz «Andijon» jamoasining bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz hamda muxlislar bilan birgalikda yorqin mavsum, chiroyli o‘yinlar va yangi g‘alabalarni kutib qolamiz!

✈️ Centrum Air — sportni qo‘llab-quvvatlaymiz, shaharlarni birlashtiramiz va yangi zafarlarga ilhomlantiramiz!

🚀 2026-yilgi mavsumning ilk o‘yini: 27-fevral
📍 Andijon, «Bobur Arena»
18:45

🔹🔹🔹

Centrum Air продолжает полет вместе с футбольным клубом «Андижан»! ⚽️

📍Мы рады объявить о продлении партнерства: в новом сезоне Centrum Air вновь станет титульным спонсором команды и будет поддерживать клуб на протяжении всего чемпионата.

📍Для нас это больше, чем спонсорство - это вклад в развитие узбекского футбола и поддержку команды, которая объединяет тысячи болельщиков. Логотип Centrum Air будет размещен на всех комплектах игровой формы и будет сопровождать «Андижан» в каждом матче.

📍Мы гордимся тем, что являемся частью команды «Андижан», и вместе с болельщиками ждем яркого сезона, красивых матчей и новых побед!

✈️Centrum Air - поддерживаем спорт, соединяем города и вдохновляем на новые достижения!

🚀 Первый матч сезона-2026: 27 февраля
📍 Андижан, «Бобур Арена»
18:45
🔥 8 5 2
3.8K (0.4%)
🏀 Centrum Air aviakompaniyasi — O‘zbekiston Basketbol federatsiyasining @uzbekistan.basketball rasmiy hamkori va homiysi! 🏀⛹️‍♂️

Ushbu hamkorlik biz uchun nimani anglatadi?
📍O‘zbekiston yoshlari rivoji va sog‘lom turmush tarziga hissa qo‘shish.
📍Muxlislar va yo‘lovchilar o‘rtasida sportni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus tashabbuslarni amalga oshirish.
📍Birgalikda imij va ijtimoiy loyihalarni o‘tkazish.

Oldinda barchamizni ko‘plab qiziqarli voqealar kutmoqda, biz esa ishlarni fotosuratchi Gio Kardova muallifligida milliy terma jamoa basketbolchilari ishtirokidagi imij fotosessiyasi bilan boshlab yubordik.

🔹🔹🔹

🏀 Авиакомпания Centrum Air — официальный партнёр и спонсор Федерации баскетбола Узбекистана @uzbekistan.basketball! 🏀⛹️‍♂️

Что значит для нас это партнёрство?
📍Вклад в здоровый образ жизни и развитие молодёжи Узбекистана.
📍Реализация специальных инициатив, направленных на продвижение спорта среди болельщиков и пассажиров.
📍Проведение совместных имиджевых и социальных проектов.

Впереди нас ждёт много интересного, а начали мы с проведения имиджевой фотосессии с участием баскетболистов национальной команды, автором стал фотограф Гио Кардава.
267 7🔥 4 2
4.8K (0.8%)
✈️ 29-martdan Qozog‘iston Respublikasi 🇰🇿 poytaxti, Markaziy Osiyoning muhim siyosiy va ishbilarmonlik markazlaridan biri – Ostonaga parvozlarni boshlaymiz. Bunyodkorlik ishlari jadal olib borilayotgan shaharda butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladigan ko‘plab diqqatga sazovor joylar mavjud.

*️⃣Reyslar haftasiga uch marta – dushanba, juma va yakshanba kunlari zamonaviy hamda qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti taxminan 2 soatni tashkil etadi.

Toshkent ↔️ Ostona, 2,2 mln so‘mdan.

Qozog‘istonning boshqa shaharlari: Olmaota, Atirau, Uralsk va Aqtauga ham parvoz qilamiz.

Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytimiz yoki Telegram Mini App orqali band qiling.

🔹🔹🔹

С 29 марта летим в Астану, столицу Республики Казахстан 🇰🇿 и один из ключевых политических и деловых центров Центральной Азии. В городе активно ведётся строительство, а ещё здесь множество достопримечательностей, которые привлекают туристов со всего мира.

*️⃣Рейсы будут выполняться три раза в неделю – по понедельникам, пятницам и воскресеньям на современных и комфортабельных самолетах Airbus A320. Время в пути составит около 2 часов.

Ташкент ↔️ Астана, от 2,2 млн сумов.

Также напоминаем, что мы летаем в другие города Казахстана: Алматы, Атырау, Уральск и Актау.

Бронируйте авиабилеты на нашем официальном сайте centrum-air.com и в Telegram Mini App.
8 8🎉 3 2🔥 1
3.8K (0.4%)
✈️ Centrum Holding rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qo‘shma investitsiya loyihalari taqdimotida ishtirok etdi. Uchrashuvda AQSH davlat organlari, moliya institutlari va ishbilarmon doiralari vakillari, shuningdek, yetakchi xalqaro kompaniya va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

📍Centrum Holding’ning ommaviy kapital bozorlariga chiqishga tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Unga koʻra, aksiyalarning 30 foizigacha bo‘lgan qismini erkin muomalaga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, jalb qilingan mablag‘lar infratuzilmani modernizatsiya qilish, operatsion quvvatlarni kengaytirish va flotni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 2029-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, kompaniya 100 tagacha havo kemasidan iborat parkni shakllantirishni rejalashtirmoqda. Loyihaning strategik maslahatchilari va anderrayterlari sifatida Citibank bilan hamkorlikda Oppenheimer & Co. kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Faxrlanamiz va ishlashda davom etamiz!

🔹🔹🔹

✈️ Руководство Centrum Holding, в рамках визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Вашингтон, приняли участие в церемонии подписания двусторонних документов и презентации совместных инвестиционных проектов. Во встрече участвовали представители государственных органов, финансовых институтов и деловых кругов США, а также руководители ведущих международных компаний и организаций.

📍Отдельное внимание было уделено подготовке Centrum Holding к выходу на публичные рынки капитала. Планируется размещение до 30% акций в свободном обращении, при этом привлечённые средства будут направлены на модернизацию инфраструктуры, расширение операционных мощностей и развитие флота. В соответствии со стратегией развития до 2029 года компания планирует сформировать парк до 100 воздушных судов. Стратегическими консультантами и андеррайтерами проекта выступают Oppenheimer & Co. совместно с Citibank.

Гордимся и работаем дальше!
30 30 12🎉 4
3.8K (1.2%)
‼️ Telegram kanalimizda postlar ostiga izoh yozishni cheklashga majburmiz.

Buni xavfsizlik nuqtai nazaridan, firibgarlik holatlari ko‘paygani sababli qilmoqdamiz. Yo‘lovchilar bilan aviakompaniya nomidan bog‘lanib, izohlarda qoldirilgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishmoqda va masalani tez hal qilishni taklif qilib, to‘lovni karta yoki elektron hamyonga o‘tkazishni so‘rashmoqda. Biz bunday qilmaymiz!

Qo‘llab-quvvatlash markazimiz kun-u tun, 24/7 ishlaydi va barcha murojaatlarni qabul qiladi:

📞 telefon orqali: +998 55 518 88 88,
✈️ telegramda @CentrumAir_C6 (bu Qo‘llab-quvvatlash markazining yagona manzili),
✉️ elektron pochta orqali: customercare@centrum-air.com,
🌐 centrum-air.com saytimizdagi murojaat shakli orqali.

📍Shuningdek, bizga instagramimizga ham yozishingiz mumkin

🔹🔹🔹

‼️ Мы вынуждены закрыть комментарии к постам в нашем телеграм-канале.

Мы делаем это по соображениям безопасности из-за участившихся случаев мошенничества. С пассажирами связываются от имени авиакомпании, используют личные данные, оставленные в комментариях, и предлагают быстро решить вопросы, оплатив переводом на карту или на электронный кошелёк. Мы так не делаем!

Наш Центр поддержки работает круглосуточно, 24/7, и принимает все сообщения:

📞 по телефону: +998 55 518 88 88,
✈️ в телеграм @CentrumAir_C6 (это единственный адрес Центра поддержки),
✉️ по электронной почте customercare@centrum-air.com,
🌐 через форму обращения на сайте centrum-air.com.

📍Также вы можете писать нам в нашем инстаграм
15🔥 128 8 4🎉 1
3.5K (1.2%)
✈️ Aviakompaniyamiz barcha musulmonlarni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan muborakbod etadi!

Ushbu oy qalblaringizni samimiy quvonch va xotirjamlikka to‘ldirsin, har bir kuni ruhiy yangilanish olib kelsin. Oilalaringizga tinchlik, farovonlik va mehr-muhabbat tilaymiz.❤️

🔹🔹🔹

✈️ Авиакомпания поздравляет всех мусульман с наступлением священного месяца Рамадан!

Пусть этот месяц наполнит ваши сердца искренней радостью и спокойствием, а каждый день принесёт духовное обновление. Мира, благополучия и любви вашим семьям.❤️
3317 17 7🔥 4🎉 1
4.7K (1.3%)
2-qism

Qalbingiz yaralanganda va mahzun xayollar chulg‘ab olganda, sayohat – eng yaxshi yechimdir. Axir dunyoning narigi chekkasida sizni nimalar kutayotgani noma’lum…

Davomi bor

🎁 Serial yakunida savollarga javob beradigan eng e’tiborli tomoshabinlarga esa Centrum Air’dan esdalik sovg‘alarini hadya etamiz.

🔹🔹🔹

Серия 2

Когда сердце разбито и накатывают грустные мысли, путешествие – лучшее решение. Ведь неизвестно, что может ожидать на другом конце света…

Продолжение следует

🎁 А самым внимательным зрителям, кто ответит на вопросы по завершению сериала, мы подарим сувениры от Centrum Air.
177 7 4🔥 4🎉 3
4.9K (0.7%)
✈️ Bortga olib kiriladigan qo‘l yuki o‘lchamlari va vazni ekipaj a’zolari yoki aeroport xodimlarining injiqligi emas, balki aviakompaniya qoidalari bo‘lib, ular haqda har doim sayt hamda marshrut kvitansiyasida tanishish mumkin.

*️⃣Bagaj yoki qo‘l yuki bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, izohlarda yozing, albatta javob beramiz.

Davomi - izoxlarda. ⬇️

🔹🔹🔹

✈️ Габариты и вес ручной клади на рейсе – это не прихоть экипажа или сотрудников аэропорта, а правила авиакомпании, с которыми всегда можно ознакомиться на сайте и в маршрутной квитанции.

*️⃣А если у вас остались вопросы по багажу или ручной клади – обязательно пишите в комментариях, мы ответим.

Продолжение - в комментариях. ⬇️
5.1K
✈️ Bugun, Bobur kunida Toshkentga 15-samolyotimiz yetib keldi!

Flotimizdagi to‘rtinchi keng fyuzelyajli Airbus A330-343 samolyoti UK33033 ro‘yxat raqamini oldi.

*️⃣Airbus A330-343 — uzoq masofali reyslarni bajarishga mo‘ljallangan zamonaviy keng fyuzelyajli yo‘lovchi layneridir. Uni quyidagi jihatlar ajratib turadi:

📍yuqori sig‘im va qulaylik darajasi: salon 305 yo‘lovchiga mo‘ljallangan,
📍yo‘lovchilarga kengroq joy va yuqori darajadagi qulaylikni taklif etuvchi 18 o‘rinli premium-ekonom klasning mavjudligi,
📍zamonaviy interyer yechimlari,
📍parvozning ravonligi hamda optimal shovqin darajasini ta’minlaydigan kuchli va ishonchli Rolls-Royce Trent 772B-60 dvigatellari.

Parvozing bexatar bo‘lsin, qushchamiz! ✈️

🔹🔹🔹

✈️ Сегодня, в День Бобура, в Ташкент прибыл наш 15-ый самолёт!

Это наш четвёртый по счёту широкофюзеляжный самолёт Airbus A330-343 во флоте, который получил регистрационный номер UK33033.

*️⃣Airbus A330-343 - это современный широкофюзеляжный пассажирский лайнер, предназначенный для выполнения дальнемагистральных рейсов. Его отличают:

📍высокий уровень вместимости и удобств: салон рассчитан на 305 пассажиров,
📍наличие премиум-эконом класса на 18 мест, который предлагает пассажирам дополнительное пространство и повышенный уровень комфорта,
📍современные интерьерные решения,
📍мощные и надёжные двигатели Rolls-Royce Trent 772B-60, обеспечивающие плавность полёта и оптимальный уровень шума.

Хорошего полёта, наша птичка! ✈️
5.6K
Ramazon oyi munosabati bilan chegirmalarni uzaytiramiz! Barcha muntazam yo‘nalishlarimiz bo‘yicha aviachiptalarga 15% chegirma: 40 dan ortiq yo‘nalishdan tanlang.

💳 Chipta xarid qilish: 2026-yil 10-fevraldan 17-fevralgacha
✈️ Parvoz qilish: 2026-yil 17-fevraldan 19-martgacha

Chegirma ko‘rsatilgan muddatlar doirasida aviachiptani xarid qilishda avtomat ravishda qo‘llaniladi. Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytimiz yoki Telegram Mini App’dan bron qiling.

🔹🔹🔹

Продлеваем скидки в честь Рамадана! Скидка 15% на авиабилеты на все наши регулярные направления: выбирайте из более чем 40 направлений.

💳 Покупать билеты: с 10 по 17 февраля 2026 года
✈️ Лететь: с 17 февраля по 19 марта 2026 года

Скидка применяется автоматически при покупке авиабилетов в рамках указанных сроков. Бронируйте авиабилеты на нашем официальном сайте centrum-air.com и в Telegram Mini App.
5.7K
Marketing departamentiga yangi hamkasblarni izlayapmiz ✈️ Agar bu siz haqingizda bo‘lsa — keling, tanishamiz! 🤗

Ochiq lavozimlar:
🔹 dizayner,
🔹 tarjimon (o‘zbek / rus / ingliz),
🔹 Centrum Air xalqaro sahifalari va HR-brendini rivojlantirish uchun SMM-menejer,
🔹 community-menejerlar.

Har bir bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha qisqa talablar — karuselda. To‘liq tavsiflarga havolalar hh.uz saytida — storisda.

⚠️ E’tibor bering: arizalarni faqat hh.uz orqali qabul qilamiz. Boshqa usullar bilan yuborilgan rezyumelar ko‘rib chiqilmaydi.
Sizni jamoamizda kutamiz!

🔹🔹🔹

Мы ищем новых коллег в Департамент маркетинга ✈️ Если это про вас — давайте знакомиться! 🤗

Открытые позиции:
🔹 дизайнер,
🔹 переводчик (узбекский / русский / английский),
🔹 SMM-менеджер для международных аккаунтов Centrum Air и развития HR-бренда,
🔹 community-менеджеры.

Краткие требования к каждой вакансии — в карусели. Ссылки на полные описания вакансий на hh.uz — в сторис.

⚠️ Обратите внимание: отклики принимаем только через hh.uz. Резюме, отправленные другими способами, рассматриваться не будут.

Ждём вас в команде!
7.1K
Sizdan qayta aloqa olish biz uchun juda muhim – kelib tushayotgan barcha xabarlarni birdek diqqat bilan o‘qib chiqamiz.

Ammo parvoz yoki ekipaj ishidan olgan ijobiy taassurotlaringiz bilan bo‘lishganingizda, yanada ilhomlanib ketamiz. 💙🩷

🔹🔹🔹

Для нас очень важно получать от вас обратную связь – мы одинаково внимательно читаем все поступающие сообщения.

Но когда вы делитесь своими положительными эмоциями от полёта или работы экипажа, мы просто расцветаем. 💙🩷
5.9K
Centrum Air jamoasi kengaymoqda! Biz agentlik va xususiy mijozlar bilan ishlash uchun aviakassir lavozimiga taklif etamiz. Aviachiptalarni bron qilish va rasmiylashtirish bo‘yicha tajribaga ega hamda sifatli servis ko‘rsatishga intiluvchi mutaxassislarni qidirmoqdamiz.

Rezyume yuborishdan oldin, iltimos, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va ish vazifalari bilan karuselda tanishib chiqing.

Rezyumelaringizni kutib qolamiz:
📨 Pochta: delta-tc@list.ru
📝 Telegram: @centrum_airforce

Savollar uchun telefon: ☎️ +998 90 930-50-15

🔹🔹🔹

Centrum Air расширяет команду и приглашает авиакассира для работы с агентскими и частными клиентами. Мы ищем специалиста, который уверенно работает с бронированием и выпиской авиабилетов и ориентирован на качественный сервис.

Перед тем, как высылать резюме, пожалуйста, ознакомьтесь с требованиями к кандидатам и обязанностями в карусели.

Ждём резюме:
📨 почта: delta-tc@list.ru
📝 телеграм: @centrum_airforce

Вопросы по телефону: ☎️ +998 90 930-50-15
7K
2-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida o‘zimizning birinchi aviakassamizni tantanali ravishda ochdik! Bizni xalqaro avialiniyalar terminalining 2-qavatidan topishingiz mumkin.

Aviakassaning asosiy vazifasi aviachiptalarni sotish va yo‘lovchilarga tezkor qo‘llab-quvvatlashdan iborat: yordamlashish, maslahatlar berish va «shu yerda va hozir» xizmati.

Kassada quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
• chiptalarni rasmiylashtirish va almashtirish,
• parvozni yanada qulay o‘tkazish uchun salondan qulay o‘rinlarni tanlash,
• navbatda kutish vaqtini qisqartirish uchun ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini xarid qilish,
• me’yordan ortiq bagaj va qo‘l yuklari uchun to‘lash.

Xizmatlar ro‘yxati kengaytiriladi. Sizni aviakassamizda kutib qolamiz!

🔹🔹🔹

2 февраля мы торжественно открыли свою первую авиакассу на территории Международного аэропорта Ташкента имени Ислама Каримова! Ищите нас на 2-м этаже терминала международных авиалиний.

Основная задача авиакассы: продажа авиабилетов и оперативная поддержка пассажиров: помощь, консультации и сервис «здесь и сейчас». В кассе можно:

• оформить и обменять билеты,
• выбрать удобные места в салоне для более комфортного перелета,
• приобрести услугу приоритетной регистрации, чтобы сократить время ожидания в очередях,
• оплатить сверхнормативный багаж и увеличенную ручную кладь.

Список услуг будет расширяться. Ждём вас в нашей авиакассе!
5.7K
🇫🇷 🇺🇿 Centrum Holding ofisida Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi janob Ualid Fuk boshchiligidagi Fransiya Elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xolding tomonidan Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abduraxmanov ishtirok etdi.

🔹 Muloqotning asosiy yo‘nalishlari:
• fuqaro aviatsiyasi va logistikani rivojlantirish;
• aviatsiya kadrlarini tayyorlash va professional tajriba almashish;
• 2026-yildan boshlab Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini Yevropaga kengaytirish va Toshkentning tranzit salohiyatini kuchaytirish;
• turistik va investitsiyaviy hamkorlik.

Biz ochiq muloqotni yuksak qadrlaymiz hamda Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonamiz.



🇫🇷 🇺🇿 В офисе Centrum Holding состоялась встреча с делегацией Посольства Франции в Республике Узбекистан во главе с Послом Франции господином Уалидом Фуком.

Со стороны холдинга во встрече принял участие основатель и генеральный директор Centrum Holding Абдулазиз Абдурахманов.

🔹 Ключевые направления диалога:
• развитие гражданской авиации и логистики;
• подготовка авиационных кадров и профессиональный обмен;
• расширение маршрутной сети Centrum Air в Европу с 2026 года и усиление транзитного потенциала Ташкента;
• туристическое и инвестиционное взаимодействие.

Мы высоко ценим открытый диалог и уверены в дальнейшем укреплении партнёрских отношений между Францией и Узбекистаном.
8.1K
📣 Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy murojaati ❗️

So‘nggi paytlarda firibgarlik holatlari qayd etilmoqda: uchinchi shaxslar yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, o‘zlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati yoki call-markaz xodimi sifatida tanishtirmoqda.

Rasmiy ravishda ma’lum qilamiz: Centrum Air qo‘llab-quvvatlash xizmati vakillari hech qachon shaxsiy xabarlarda yoki telefon orqali bank kartasi raqami, CVV/CVC-kodlar, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlari va boshqa to‘lov ma’lumotlarini so‘ramaydi.

Xodimlarimiz pasport ma’lumot va shaxsiy axborotlarni faqat siz o‘zingiz rasmiy @CentrumAir_C6 akkaunti orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganingizda so‘rashi mumkin.

Agar boshqa profildan shubhali xabar olsangiz, iltimos, yozishmaga kirmang va shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlarini bermang, shuningdek, darhol aviakompaniyaning rasmiy kanallari administratorlariga xabar bering.

Centrum Air yo‘lovchilar xavfsizligiga katta e’tibor beradi va hushyor bo‘lishga chaqiradi. Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdormiz.
@centrumair_speaking

Перевод в комментарии👇🏻
6.6K
Kecha Centrum Air tug‘ilgan kunini hammasi boshlangan joy — aeroportda nishonladik. Tabassumlar, shirinliklar, kichik syurprizlar va oʻzimizning Centrik bilan.

Yo‘lovchilarga tabriklar uchun rahmat — sizning hissiyotlaringiz va samimiy so‘zlaringizda bizni parvozlarga undovchi barcha sabablar mujassam.

Bu 3 yil davomida biz bilan bo‘lgan har kimdan minnatdormiz. Birga parvoz qilishda davom etamiz!

🔹🔹🔹

Вчера мы отмечали День рождения Centrum Air там, где всё началось — в аэропорту. С улыбками, конфетами, маленькими сюрпризами и нашим Центриком.

Спасибо пассажирам за поздравления — в ваших эмоциях и искренних словах — всё, ради чего мы летаем.

Спасибо каждому, кто с нами эти 3 года. Летим дальше вместе!
6.3K
Centrum Air — 3 yoshda!

Bu raqam ortida yuzlab xodimlar, minglab yo‘lovchilar, o‘n minglab obunachilarimiz va butun dunyo bo‘ylab uchilgan millionlab kilometrlar turibdi!

Bizni layklar va izohlar bilan tabriklashingiz mumkin 🤗

🔹🔹🔹

Centrum Air — 3 года!

За этой цифрой стоят сотни сотрудников, тысячи пассажиров, десятки тысяч наших подписчиков и миллионы километров налёта по всему миру!

Поздравить нас можно лайками и комментариями 🤗
6.6K